Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliq tayinlandi
Nodir Bahrillayevich Namozov Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi, deb xabar berdi davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.
Nodir Namozov 1978 yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Samarqand moliya kollejini, 2005 yilda Toshkent moliya institutini, 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha moliyachi, soliqlar va soliqqa tortish, siyosatshunoslik mutaxassisliklariga ega.
U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini Samarqand viloyati Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasida davlat soliq inspektori lavozimidan boshlab, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand viloyati Urgut tumani hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq DSQ matbuot xizmati O‘zbekiston prezidenti va Davlat soliq qo‘mitasi nomenklaturasiga kiruvchi 70 ta hamda 55 ta tuman va shahar davlat soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar hamda boshqarma bo‘lim boshlig‘i lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirilganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026
50 dollarlik ofis va minglab mijoz: tasodifiy buyurtmani katta biznesga aylantirgan samarqandlik tadbirkor hikoyasi
15:10 / 30.04.2026