Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklarga ko‘cha yurishlari va yig‘ilishlar o‘tkazish tartibini buzish javobgarligi haqida eslatildi
Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati
Adliya vazirligining o‘z telegram kanalida eslatishicha, yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish yoxud o‘tkazish tartibini buzish o‘n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olinishiga sabab bo‘lishi mumkin.
“Agarda harakat tashkilotchisi aynan shu kabi harakatlar uchun ilgari ma'muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, unda ushbu shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bunda maksimal jinoiy jazo sifatida 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan”, - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, ruxsat etilmagan yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlar qatnashchilariga binolar yoki boshqa mulk (aloqa vositalari, ko‘paytiradigan va boshqa xil texnik uskunalar, transport)ni berish yoki shunday tadbirlarni o‘tkazish uchun boshqa sharoitlarni yaratish fuqarolarga 20 mln 273 ming so‘mgacha, mansabdor shaxslarga esa 30 mln 409 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.
Bundan oldin, IIBB OAV xodimlarini yangilik tarqatishda shoshmaslikka chaqirgandi.
Mavzuga oid
10:33
Pragada prezidentni qo‘llab-quvvatlash mitingi o‘tkazildi
00:25 / 26.01.2026
Erondagi norozilik namoyishlar vaqtida 30 ming kishi halok bo‘lgan – OAV
15:17 / 19.01.2026
Eron hokimiyati namoyishlar vaqtida 5000 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi
21:00 / 13.01.2026