Bir qator saytlar “poytaxt IIBB tomonidan Toşkentda “Ölmas polk” aksiyasining taşkiliy işlarida baholi qudrat yordam körsatişi” töğrisidagi tekşirilmagan ma'lumot tarqatilmoqda, deya bayonot berdi IIBB matbuot xizmati.

Ma'lum qilinişiça, Toşkent şahar IIBB boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda belgilangan rejaga muvofiq barça bayramlar vaqtida jamoat xavfsizligini ta'minlaydi.

Yurtimizda 9 may kuni nişonlanadigan Xotira va qadrlaş kuni rasmiy bayram hisoblanib, bu kunda ham IIBBning şaxsiy tarkibi şahar böylab xizmat olib boradi. Şu bilan bir qatorda, xotira komplekslarida gulçambarlar qöyiş marosimlari ötkaziladi.

Bugungi kunda IIBB matbuot-xizmati hokimiyatning Toşkent şahrida “Ölmas polk” aksiyasi ötkazilişi töğrisidagi ruxsati haqida ma'lumotga ega emas, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, 15 aprel kuni ötkazilgan sayyor qabul vaqtida qabulga “şaxsiy masalalar böyiça” yozilgan Toşkent şahrida yaşovçi T.I. uşbu aksiya haqidagi savoliga yuqoridagi kabi javob olgan. 

“Hurmatli OAV işçilari, uçinçi şaxslardan xabar olgan holatingizda ma'lumotlarni Toşkent şahar IIBB matbuot-xizmatida aniqlaştiring”, - deyiladi IIBB bayonotida.