15:38 / 21.04.2019
17602

Samarqandda turizm politsiyasiga yangi avtomobillar berildi

Samarqand viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Transport va turizm obektlarida jamoat xavfsizligini ta'minlashning samarali tizimini joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori talablarini bajarish yuzasidan muayyan ishlarni amalga oshirmoqda. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmatiga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Samarqand viloyatiga tashrif buyurayotgan sayyohlarning xavfsizligini ta'minlash va har qanday favqulodda vaziyatlarning oldini olish, viloyat turizm salohiyatini yuksaltirish, sayyohlar uchun qulay sharoit yaratish, Samarqandni tashrif uchun xavfsiz shahar sifatida obro‘sini shakllantirish — Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasining asosiy vazifasi sanaladi.

Viloyatdagi turizm obektlari va infratuzilmasi hududida jamoat xavfsizligini ta'minlash faoliyatini moddiy-texnik mustahkamlash maqsadida boshqarmasiga viloyat xokimligi mablag‘lari hisobidan 1 dona «Tracker», 1 dona «Lacetti», 1 dona «Nexia-3» avtomashinalari va 2 dona elektromobillar ajratildi.

Top