Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi ishlar vazirligi Namangan viloyatida yig‘ilish o‘tkazdi
2019 yilning 26 aprel kuni tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov va tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdualiyev Namangan viloyati hokimligida TIV rahbariyatining tashqi yig‘ilishini o‘tkazdilar.
Yig‘ilishda ishtirok etish uchun Namangan viloyatiga ushbu mintaqaga biriktirilgan O‘zbekistonning Avstriya, BAA, Belgiya, Buyuk Britaniya, Eron, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Koreya Respublikasi, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Polsha, Rossiya, Singapur, Turkiya va boshqa davlatlardagi elchilari keldilar.
Viloyat hokimi Xayrulla Bozorov, tegishli vazirliklar va idoralarning mintaqadagi boshqarmalari vakillari ishtirokidagi tadbirda diplomatik vakolatxonalar ko‘magida ishlab chiqilgan va Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga so‘nggi tashrifi davomida taqdim etilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Amaliy yig‘ilish davomida TIVning ushbu mintaqa bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga kiritilgan 48 ta investitsion loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish masalalari, shuningdek, viloyatning turli tumanlarida tatbiq etish uchun taklif etilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalari ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, Namangan viloyati hokimligida Hindiston, Italiya, Ozarboyjon, Pokiston, Rossiya, Tailand va Turkiyadan kelgan xorijiy investorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Mavzuga oid
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
10:59 / 20.05.2026
Namanganda atrofi ochiq holatda turgan transformator ustiga chiqqan bola tok urib vafot etdi
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
08:52 / 13.05.2026