Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Trampga S-400 bo‘yicha kelishmovchilikni hal qilish uchun ishchi guruh tuzishni taklif qildi
Foto: Ludovic Marin/Pool via REUTERS
Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida Turkiya yetakchisi Oq uy rahbariga Rossiyaning S-400 zenit raketa majmualari bo‘yicha kelishmovchilikni hal qilish uchun qo‘shma ishchi guruh tuzishni taklif qildi. Bu haqda Turkiya prezidentining devonxonasi tarqatgan bayonotda aytiladi.
Oq uyning xabar berishicha, "ikki davlat rahbarlari qator ikki tomonlama masalalar, jumladan, tovar almashish hajmini oshirish, Suriya shimolida xavfsizlikni ta'minlash borasidagi muzokaralarning borishi hamda Turkiya tomonidan S-400 zenit raketa tizimlarini sotib olish rejasini muhokama qildi".
Avvalroq AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Anqara Rossiyaning S-400 zenit raketa tizimini sotib olganidan so‘ng F-35 samolyotlarini sotib ololmasligi haqida Turkiyani ogohlantirgandi.
Mavzuga oid
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025
Trampning sobiq maslahatchisi Jon Bolton sudda aybini tan olmadi
10:21 / 05.09.2025
Tramp Putin bilan bo‘lajak suhbati haqida ma’lum qildi
15:03 / 30.08.2025