Futbolning eng yorqin yulduzlaridan biri Devid Bekhem kuni-keça 44 yoşni qarşi oldi. Uning futboldagi yutuqlari, körsatgan öyinlari va hayoti haqida şundoq ham köp narsa bilamiz. U doim futbol jamoatçiligi köz öngida, aşaddiy muxlis va muxlisalar qurşovida yaşagan, doim xalqning muhabbatini his qilib kelgan. Ammo şunday davr borki, Bekhem bu yölda juda yolğiz qolgandi. Balki aynan öşa davr Devidga muhabbat va nafratning masofasi bir qadam ekanini, obro‘ va e'tibor har qança yuksaklarga çiqmasin, doim haqiqiy inson bölib qoliş muhim ekanini örgatgandir. E'tiboringizga spors.ru portalida e'lon qilingan materialni havola qilamiz. 

Uni butun Angliya yomon körib qolgandi.

Sent-Etendagi stadion yonidagi avtoturargohda Bekhem otasining köksiga boşini qöyib yiğlar, şu atrofdan ötib ketayotgan Argentina terma jamoasi avtobusidagilar esa, futbolkalari bilan ğalabani nişonlab, ota-öğil Bekhemlarning ustidan kulib ötib ketişdi. Ikki soat oldin Ouenning öşa supergoli va Devidning qizil kartoçkasi bilan esda qolgan nimçorak final uçraşuvi tugagan - Angliya penaltilar seriyasida mağlubiyatga uçragandi.

Avvaliga hammasi yaxşi boşlandi. Aynan Bekhem Mayklning goliga töp uzatmani amalga oşirdi, ammo keyin Diyego Simeone bilan töqnaşuv yuz berdi. Çimda yotgan Devid raqibini tepib yubordi va Simeone vaziyatdan unumli foydalanib, artistlik qobiliyatini işga soldi. Inglizlar oyoq tegmaganini isbotlaşga urinişdi, lekin Kim Milton Nilsen öz qarorini berib bölgandi.

«Bekhemning oyoği unga tegmagan bölsa-da, u özini juda yomon tutdi. Raqibni urişga urinişning özi ham xuddi urgandek gap va buning uçun maydondan çetlaştiriladi» - deb keyinçalik qarorini izohladi daniyalik hakam.

Uçraşuvning qolgan qismini Devid tunnel oldida kuzatdi. U Ins va Bettining omadsiz penaltilarini ham öşa yerdan tomoşa qildi. Albatta, agar uni maydondan çetlatişmaganda, birinçilardan bölib, seriyada qatnaşgan bölardi. Balki töliq tarkib bilan inglizlar vaziyatni durangga ham olib bormas edilar balki...

Keyingi kun yanada oğir ötdi. Rasvo kayfiyat va Angliyaga qaytiş. Yölda Bekhem biratöla Nyu-Yorkka ketişga qaror qildi - u yerda rafiqasi Viktoriya Bekhem farzand kutayotgandi. Şuningdek, u yerda şafqatsiz ingliz jurnalistlari yöq - bunday paytda Angliyadan uzoqroq bölib turiş ham foydali.

Ammo Devid adaşgandi, uning xatosi hatto AQŞga ham yetib borgan, Jon Kennedi aeroportidayoq Bekhemni yuzlab fotomuxbirlar-u jurnalistlar kutib olişdi. U ta'qibdan qoçib taksining orqa örindiğiga özini otdi, eşikni yopmoqçi böldi, ammo maşinani örab olgan jurnalistlar bunga izn bermasdilar. Bir neça soniya Bekhem va «raqiblar» maşina eşigini talaşişar, şu onda narigi tomondan bir ayol kirib, futbolçini rasmga ola boşladi. Bu dahşat edi. Taksist katta qiyinçiliklar bilan u yerdan maşinani olib çiqib ketdi.