Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elchisi Islomobodda Pokiston senati raisi bilan uchrashdi
6 may kuni Pokiston poytaxti Islomobodda O‘zbekiston elchisi Furqat Sidiqov Pokiston senati raisi Sodiq Sanjariniy bilan uchrashdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston-Pokiston parlamentlararo hamkorligini kengaytirish istiqbollari, savdo, investitsiya, logistika, turizm va madaniy-gumanitar sohalarda sheriklikni yanada mustahkamlash imkoniyatlari muhokama qilingan.
Ikki davlat o‘rtasida tovarlarning uzilishlarsiz harakatlanishini yanada ta'minlash maqsadida transport va logistika sohalaridagi hamkorlikka alohida urg‘u berilgan.
“Senat raisi davlatlarimiz o‘rtasida tovar aylanmasi oxirgi yillarda jadal o‘sganini mamnuniyat bilan qayd qilgan. Tomonlar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida o‘zaro manfaatli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash uchun ulkan salohiyat borligini ta'kidlab o‘tishgan”, deyilgan tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Uchrashuvda qayd qilinishicha, tomonlar ikki davlat parlamentariylarining ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini takomillashtirishdagi roli va amaliy ishtirokini kuchaytirishlari lozim.
Suhbat davomida ikki davlatning mintaqaviy xavfsizlik masalalarida, jumladan Afg‘onistondagi vaziyatni tezlikda tartibga solish borasidagi pozitsiyalari o‘xshashligi qayd qilib o‘tilgan. Shu ma'noda O‘zbekistonning mintaqada barqaror tinchlikka erishishdagi tashabbuslari va sa'y-harakatlariga yuqori baho berilgan.
Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston-Pokiston kun tartibidagi boshqa masalalar ko‘rib chiqilgan.
Mavzuga oid
16:41 / 22.02.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab zarbalar yo‘lladi
19:10 / 21.02.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l tashuvlari hajmini oshiradi
15:21 / 20.02.2026
2025 yilda O‘zbekiston bug‘doy uni importini qisqartirdi
13:31 / 20.02.2026