Malayziya texnologiyalarni rivojlantirish korporatsiyasi O‘zbekiston bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
27 aprel-4 may kunlari Malayziya texnologiyalarni rivojlantirish korporatsiyasi (MTDC)ning O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Tashrif davomida Innovatsion rivojlanish, Investitsiyalar va tashqi savdo, Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim, Axborot texnologiyalari va kommunnikatsiyalarni rivojlantirish vazirliklari hamda Toshkent davlat texnika universiteti, Samarqand va Buxorodagi oliy ta'lim muassasalari rahbariyatlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Malayziya delegatsiyasi tashrifi davomida 24-28 iyun kunlari Malayziyada tashkil etilayotgan «Commercialization Ecosystem and Entrepreneurship Development Workshop» seminarida ishtirok etish uchun O‘zbekiston vakillariga beg‘araz asosda 15ta o‘rin ajratish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.
Shuningdek, respublikaning tegishli oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish istiqbollari muhokama qilindi.
MTDC sanoat sektori uchun innovatsion texnologik qarorlar (know-how) ishlab chiqish va joriy etish, ushbu yo‘nalishdagi ilmiy loyihalarni moliyalashtirish hamda maxsus trening va seminarlar tashkil etish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
21:49 / 11.06.2024
Rossiya va Eron hamkorlik shartnomasi tuzish jarayonini to‘xtatdi
18:30 / 22.05.2024
Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil yig‘ish zavodi test rejimida ishga tushiriladi
18:28 / 19.03.2024
Ozarboyjon bilan energetika sohasida hamkorlik qilinadi
18:32 / 05.03.2024