Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Facebook foydalanuvchilarning fotosuratlari tarqalib ketganligi tufayli jarimaga tortildi
Turkiya shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish boshqarmasi (KVKK) Facebook’ni foydalanuvchilarning shaxsiy fotosuratlari ommaga tarqalib ketganligi sababli 1,65 million lira (270 ming dollar) jarimaga tortdi.
Boshqarmaning ma'lum qilishicha, 2018 yilning 13 sentyabridan 25 sentyabrigacha Facebook foydalanuvchilarining shaxsiy fotosuratlari uchinchi shaxslar uchun ochiq bo‘lgan. Qayd etilishicha, KVKK Facebook vakillariga ogohlantirish jo‘natgan.
"Ammo ulardan javob kelmadi, natijada mazkur qoida buzishlar bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlandi. Boshqarma qarori bilan ijtimoiy tarmoq chora ko‘rmagani uchun 1 million, Facebook tomonidan qoida buzilishlar haqida axborot berilmagani uchun yana 550 ming lira jarimaga tortildi", - deyiladi boshqarma xabarida.
KVKK ma'lumotiga ko‘ra, mazkur qoida buzilish natijasida Turkiyadagi 300 mingga yaqin foydalanuvchi jabrlangan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
10:45 / 17.06.2026