Qozog‘istondagi YTH oqibatida to‘rt nafar o‘zbekistonlik jarohat oldi
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yilning 19 may kuni taxminan soat 18:00da Mang‘istau viloyati «Beyneu-Tajyen» avtomagistralining 82-kilometrida ichida 7 ta odam, jumladan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi joylashgan «Lada Largus» yengil avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
YTH oqibatida voqea joyida Turkiya fuqarosi vafot etdi, qolganlar Beyneu tuman kasalxonasiga joylashtirildi.
Ayni paytda O‘zbekiston fuqarosi Bobomurod Bozorboyevich Ashirov, (15.08.1991 y.da tug‘ilgan) mazkur tibbiy muassasaning jonlantirish bo‘limida qolmoqda, qolgan jarohatlanganlarga, jumladan O‘zbekiston fuqarolariga (Durdimurod Bozorboyevich Ashirov, 17.01.1990 y.da tug‘ilgan, Karimboy Yo‘ldoshevich Shavxumov, 02.02.1980 y.da tug‘ilgan, Xayitmurod Otajonovich Gosharov, 30.06.1984 y.da tug‘ilgan) kasalxonadan ruxsat berildi.
Beyneu tumani politsiya bo‘limi tomonidan mazkur masala o‘rganilmoqda. Jarohatlangan hamyurtlarga amaliy ko‘mak berish, jumladan B.Ashirovga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun elchixona Mang‘istau viloyati va Beyneu tumani ma'muriyati bilan aloqa o‘rnatgan.
Ayni paytda fuqarolarimizni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi
17:25 / 11.11.2024