Çustdagi adir bağridan tortib çiqarilayotgan suvning ovozasi qanday qilib butun Özbekistonga tez tarqalganiga hayron qolmay iloj yöq.
«Ming bor eşitgandan bir marta körgan ma'qul» deyişadi. Internetda tarqalgan xabarlarga aniqlik kiritiş uçun öşa joyning öziga borib ma'lumotlar olişga harakat qildik.
Namangan viloyati, Çust tumani adirlari içidagi joyni bizga «Qodirobod» deb aytişdi.


Ma'lum bölişiça, «Çust ijara» MMTP hududining 25 konturi dala maydonida Töraqörğon tuman Yesin qişloği, Kökqayrağoç mahallasi hududidagi «Tomçi zamin» fermer xöjaligi rahbari Abdusattor Yöldoşev tasarrufidagi 20 gektarli boğ va boşqa ekinlarni suğoriş uçun 500 million söm mablağ sarflab, 350 metr çuqurlikda artezian quduği tuşirib çiqargan suvi kutilmaganda şunday maşhur bölib ketgan. Miş-mişlarda bu suv turli kasalliklarga, hatto saratonga davo bölişi aytildi.
Bundan tört kun oldin birov yurmaydigan adirlik yöli ayni paytda juda gavjum. Avtomaşinalar raqamlariga qarab, bu yerda butun Özbekiston hududidan mehmonlar borligini körasiz.
Qir tepasidagi suv çiqayotgan joyga tört kilometr qolganida maşina va odamlar uçun tirbandlik boşlandi. Atrofda qölida turli suv idişlari bilan yopirilib adir tepasiga intilayotgan turli yoşdagi odamlarning sanoğiga yetib bölmaydi.

Oxiri öşa suv çiqqan joyga yetib bordik. Eh-he-ye... Tumonat odam. Vodiy viloyatlarini qöying, Toşkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand hatto Qoraqalpoğistondan suv olib ketişga kelganlarni uçratdik.
Video: Youtube
Adir tepasidan fermer 350 metrdan kavlab çiqargan suv «nasos» orqali tortiladi. Bir-ikki yil davomida çiqayotgan va birov şifobaxşligini bilmagan suv buloği hozir minglab odamlar bilan tölgan. Elektr nasos yurganda suv çiqa boşlaydi. Ikki kun mobaynida ikki marta suv berilibdi. Faqat bu yerdagi minglab odamlarning tartibsiz harakatlari bizni hayron qoldirdi.





















