Jahon | 21:45 / 27.05.2019
6034
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada NATOning yirik miqyosdagi mashg‘ulotlari o‘tkaziladi

Foto: AFP 2019

Polshada iyun oyining birinchi yarmida NATOning "Tobruq Legacy-19" deb nomlangan yirik miqyosdagi xalqaro o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi, deb xabar berdi Defence24 nashri.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, NATOning havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari mashg‘ulotlarida Polsha, Vengriya, Germaniya, Niderlandiya, Ruminiya, Slovakiya, AQSh, Chexiya va Buyuk Britaniya bo‘linmalari ishtirok etadi.

Mashqlar davomida o‘rta masofaga mo‘ljallangan Patriot raketa tizimi hamda kichik masofaga mo‘ljallangan NASAMS, Hawk, Kub, Osa tizimlaridan foydalaniladi. Mashg‘ulotlarda 4,8 mingga yaqin harbiy va 1,2 dona texnika qatnashadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid