Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transport vazirligi huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari nimalarga sarflanadi?
Hukumat qarori bilan Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Nizomga muvofiq, Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
transport sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari;
avtovokzallar, avtostansiyalar va bekatlarni qurish;
Transport vazirligi tuzilmasidagi ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonalari uchun yangi avtotransport vositalarini sotib olish;
transport sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;
xodimlarni rag‘batlantirish.
Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash hay'at tomonidan amalga oshiriladi.
Hay'at o‘z faoliyatini Ijro etuvchi organ orqali amalga oshiradi. Uning tarkibi transport vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
14:21 / 05.05.2026
Toshkent uchun yangi aeroport qurilgach, hozirgi aeroport yopiladi
21:22 / 18.04.2026
Transport vazirligi xalqaro yuk tashuvchilarning ruxsatnomalari bilan bog‘liq muammo bo‘yicha izoh berdi
11:25 / 24.03.2026