Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy saylov komissiyasi deputatlar sayloviga tayyorgarlikni boshladi
2019 yilning 27 may kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni komissiya raisi M.Abdusalomov olib bordi, deb xabar bermoqda MSK matbuot xizmati.
Majlis kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masala – 2019 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.
Majlisda kun tartibiga qo‘yilgan yana bir muhim masala – “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni moliyalashtirish hamda mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi.
Bundan tashqari, MSKning a'zosi Olimjon Toshtemirovich Abdunazarovning bevaqt vafot etganligi sababli uning vakolatini to‘xtatilishi masalasini ko‘rib chiqish uchun hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga kiritildi.
Mavzuga oid
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
16:06 / 09.02.2026