Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Rossiya Eronga S-400 majmuasini sotishni rad etgan
Rossiya Eronning raketalarga qarshi mudofaa tizimlari S-400’ni sotish iltimosini rad etgan. Rossiya bunday qarorni ushbu bitim Yaqin Sharqda keskinlikning oshishiga olib kelishidan xavotirda qabul qilgan. Bu haqda ikkita manbaga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Manbalarning xabar berishicha, S-400 majmualarini sotish iltimosi shaxsan Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan rad etilgan. Rossiya ham, Eron ham bu ma'lumotlarga izoh berish iltimosiga javob bermagan.
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif 7-8 may kunlari Rossiyaga tashrif buyurib, rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazgan hamda Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning Putinga murojaatini yetkazgan.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
08:45
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
22:21 / 23.06.2026