Mavzular trendida bugun avtoolam. Rulni boşqargan inson borki tajang hozir. Sababi ayon – bir qator qarorlar qabul qilindiki, ularning birortasi haydovçiga qulaylik tuğdirmaydi, bil'aks ham çöntagiga, ham vaqtiga, ham asabiga putur yetkazadi. Ammo qaror qabul qilib bölingan, ortga yöl yöq!
Hamma gap ham şunda aslida. Bizda qabul qilingan qarorlar mukammal hisoblanadi va ortga qaytiş, ya'ni bekor qiliş masalasi körib çiqilmaydi. Holbuki eng rivojlangan mamlakatlar qonunçiligi ham bir tekis emas, xatolar uçrab turadi. Eng muhimi, bu xatolarni zudlik bilan tuzatiş, kerakli xulosalarni çiqariş.
Keling, Özbekiston yöllarida va tillarida tobora avjiga çiqayotgan bahsli holatlarni qisqa tahlil qilib çiqamiz va keyin ular böyiça öz takliflarimizni bildiramiz.
Mavzularning eng muhimlari: kunduzi çiroq yoqib yuriş, «tonirovka» uçun aql bovar qilmas jarimalar va nihoyat ma'lum toifa haydovçilar uçun qöşimça talablar (ularning qandayligini yaxşi bilasiz).
Bularning birortasidan biror haydovçi mamnun böldi deyiş, eng kamida nojiddiylik bölardi. Hamma bilib turgan narsani oçiq tan oliş şart – mazkur qarorlarning har biri budjetdagi öpirilgan joylarni yamaş va qöşimça daromad manbaidan özga narsa emas!
Mayli, davlat yoki qaysidir taşkilotning daromad qiliş zaruratini tuşunsa böladi. Ammo hamma gollar faqat bitta darvozaga (bu örinda haydovçilar hamyoniga) uriladigan bu öyindagi şartlarga ozroq özgartiriş kiritmoq zarur. Xöş, qanday?
1. Kunduz kuni çiroqlarni yoqib yuriş şart qilib qöyildi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan, «yöllardagi hodisalar kamaymoqda!» deya bong urildi (eng qiziği, dastlab bir oy vaqt ötmay tört oylik ijobiy statistika ham taqdim qilindi, içki işlar ham nima qilsin, buyruqni bajaradi-da...).

Xususan, aynan mana şu mavzu kötarilgan oxirgi tadbirda Içki işlar vaziri örinbosari Akramxon Boboxonov «Transport vositalarining yonib ketişi kunduzi çiroqlarni yoqib yuriş bilan boğliq holat emas» deya bayonot berdi va gapining isboti sifatida quyidagi dalillarni keltirdi: «...mazkur tartib joriy etilganidan buyon 1,5 oydan ziyod vaqt ötgan bölsa, şu muddat içida yöl-transport hodisalari 18,2 foizga (199ta), YTH oqibatida halok bölganlar 16,7 foizga (45 nafar) va tan jarohati olganlar soni 23 foizga (241 nafar) kamaygan.



















