Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi mutasaddilari iştirokida jurnalistlar bilan oçiq muloqot bölib ötdi.

OAV vakillari “tonirovka”, ya'ni oynalarni qoraytiriş uçun Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan jami neçta odamga ruxsatnoma berilgani va davlat ğaznasiga qança pul tuşgani haqida savol berdi.

“Men hozir statistik ma'lumotlarni olib kelmaganman, – dedi IIV Yöl harakati Boş boşqarmasi boşliğining örinbosari Erali Bozorov. – Lekin şunisi aniqki, respublika böyiça oynalarini qoraytirgan fuqarolarning soni umumiy transport soniga nisbatan hisoblaganda 0,5 foizni ham taşkil qilmaydi”.

Jurnalistlar ruxsatnoma olmasdan “tonirovka” qilganlik uçun jarima miqdorining keskin oşirilişidan maqsad nima ekanini söradi.

“Biz bilmaymiz-ku, oynasini ruxsatnoma olmasdan qoraytirib olgan haydovçi qayerda nima iş qilib yuribdi. Köpçilikning maqsadi boşqa bölişi mumkin, – dedi Yöl harakati Boş boşqarmasi boşliğining örinbosari Erali Bozorov. – Qolaversa, “tonirovka” qiliş majburiy talab emas, ixtiyoriy. Maqsadimiz – oynalarni qonunga xilof ravişda qoraytirişning oldini oliş”.

Ma'lumot uçun: Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 126-moddasiga kiritilgan özgarişga asosan, transport vositalarini tegişli ruxsatnomasiz “tonirovka” qiliş (közgusimon yoki qoraytirilgan oynali) uçun jarima eng kam iş haqining yigirma beş baravari miqdorida (5 mln söm) belgilandi.