Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy Majlis palatalari yig‘ilishlarini jonli efirda namoyish qilish taklif etilmoqda
Foto: parliament.gov.uz
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining yig‘ilishlarini jonli efirda to‘liq namoyish qilish haqida petitsiya e'lon qilindi.
Bildirilishicha, fuqarolarning huquqiy ongini yanada yuksaltirish, ularda daxldorlik hissini oshirish maqsadida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi orqali Oliy Majlis palatalarining yig‘ilishlari to‘liq ravishda jonli tarzda efirga uzatilishi kerak.
“Bu xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning parlament hayoti bilan yaqindan tanishishiga va huquqiy savodxonligining oshishiga xizmat qiladi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Petitsiyada “O‘zbekiston 24” telekanali orqali O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining yig‘ilishlarini jonli tarzda to‘liq namoyish qilish taklifi berilgan.
Mavzuga oid
21:24 / 03.12.2025
Tanzila Norboyeva Budapeshtda Vengriya prezidenti va Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashdi
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
20:23 / 12.11.2025
Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti majlisida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi
08:32 / 02.08.2025