Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda Tayms-skverni portlatmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
AQSh huquq-tartibot organlari xodimlari Nyu-York markazida portlashlar uyushtirishni rejalashtirgan shaxsni qo‘lga oldi, deb xabar berdi ABC telekompaniyasi.
Telekompaniya manbalarining ma'lumot berishicha, u Nyu-Yorkning bosh maydoni – Tayms-skverni portlatish uchun "bir nechta granata sotib olishga qiziqish bildirgan". Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u biror-bir terrorchi yoki jinoiy guruhga aloqador emas.
Unga Bruklin rayoni sudida ayblov e'lon qilinishi kutilmoqda.
2018 yil dekabrda Kanada fuqarosi Abdulrahmon Al Baxnazaviy 40 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. U 2016 yilda Tayms-skver va Nyu-York metrosida portlovchi qurilmalarni harakatga keltirishga uringan.
Mavzuga oid
08:06 / 13.05.2026
Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda: yangi aviatsiya davri boshlanmoqda
12:21 / 01.01.2026
Zohran Mamdani – Nyu-Yorkning ilk musulmon meri Qur’on bilan qasamyod qildi
17:49 / 13.09.2025
Tramp Nyu-Yorkda Qatar bosh vaziri bilan tushlik qildi
21:33 / 28.05.2025