7 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati körsatişni yanada takomillaştiriş töğrisida” qarori qabul qilindi.
Qarorda Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilişning hozirgi bosqiçida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirişning maqsadi va vazifalari jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va zamonaviy umumjahon tendensiyalarni hisobga olgan holda axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantiriş, aholiga axborot-kutubxona xizmatlari körsatiş böyiça ijtimoiy kafolatlarni sifatli ta'minlaş hamda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirişga qaratilgan me'yoriy-huquqiy bazani takomillaştiriş, hududlarda aholiga axborot-kutubxona xizmatlari körsatişni barqaror rivojlantirişga kömaklaşiş, axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, şu jumladan yangi bino va inşootlarni quriş, mavjud binolarni rekonstruksiya qiliş, ularni zamonaviy uskunalar bilan ta'minlaş, kutubxona sohasida davlat-xususiy şeriklikni, xususiy va elektron (virtual) kutubxonalar tarmoğini rivojlantiriş, kutubxonalar faoliyatining samaradorligini va foydalanuvçilarga xizmat körsatiş (şu jumladan, pulli xizmat körsatiş) tezkorligini oşiriş uçun elektron kitoblarni tarqatiş, internet-resurslar bilan hamkorlikni kengaytiriş, axborot-kutubxona muassasalari xavfsizligini hamda milliy va jahon madaniy merosining bir qismi sifatida axborot-kutubxona fondlari saqlanişini ta'minlaş, jamiyatning axborot madaniyatini, tariximizga va milliy madaniyatga qiziqişni kuçaytiriş, öqiş madaniyatini oşiriş va tarğib qiliş hamda axborot-kutubxona muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta'minlaş belgilandi.
Mazkur qarorda 2019-2024 yillarda Özbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantiriş konsepsiyasi, sohani rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi hamda Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi – axborot-resurs markazining taşkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga tegişli vazirlik, idoralar, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda Milliy kutubxona qoşida 186ta tuman (şahar) axborot-kutubxona markazini taşkil etiş, aholiga axborot-kutubxona xizmatlari körsatiş uçun sifat jihatidan yangi va qulay şart-şaroit yaratiş, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ularning ilmiy, ta'lim, axborot va madaniy ehtiyojlarini qondiriş, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga ijtimoiy moslaşuv va reabilitatsiya, mustaqil ta'lim oliş va muloqot doirasini kengaytiriş usuli sifatida axborotdan foydalaniş imkoniyatlarini yaratiş, foydalanuvçilarga har qanday taşuvçilarda (bosma, multimedia va raqamli), şu jumladan Internet tarmoği yordamida sifatli axborot manbalaridan foydalaniş imkoniyatini yaratiş, özining axborot-resurslarini yaratiş va ularni doimiy töldirib boriş orqali kitobxonlarga an'anaviy xizmat körsatiş usulidan ularni zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlari bilan ta'minlaşga ötiş va aholiga masofadan axborot-kutubxona xizmatlari körsatişni rivojlantiriş va modernizatsiya qiliş asosiy vazifa etib belgilandi.













