Ğarb davlatlari Ukrainaga qarşi bosqinçilik harakati uçun javobgarlikka tortiş maqsadida taşkil etişni rejalaştirayotgan Maxsus tribunal Vladimir Putin Rossiya prezidenti lavozimida ekan uni sirtdan sud qilmaydi. Euronews bilan suhbatda bölgan ikki nafar yevropalik manbaning ma’lum qilişiça, uşbu qoida Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin va taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovga ham taalluqli.

Yuqori lavozimli mazkur şaxslarga nisbatan sudlov faqat ular sud zalida şaxsan iştirok etgandagina amalga oşirilişi mumkin — buning esa ehtimoli juda kam, çunki Rossiya Ukrainaga nisbatan bosqinini jinoyat deb tan olmaydi va Ğarb bilan hamkorlik qilişga qattiq qarşilik körsatadi.

Variantlardan biriga köra, Putin prezidentlik lavozimidan ketgandan keyingina uni sirtdan sud qiliş mumkin.

Bunday şartlar Strasburgda joylaşgan Yevropa Kengaşi doirasida Maxsus tribunalni yaratiş uçun huquqiy asos böladigan kelişuv loyihasida aks etgan. Uşbu taşkilot Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmaydi, ammo blok bu jarayonda faol iştirok etmoqda.

Texnik işlar mart oxirida Strasburgda bölib ötgan «Asosiy guruh» uçraşuvida yakunlangan va uçta alohida hujjat loyihasi tayyorlangan:

  • Ukraina va Yevropa Kengaşi örtasidagi ikki tomonlama kelişuv,
  • Maxsus tribunal ustavi,
  • va Maxsus tribunalni boşqariş tartibini belgilaydigan kelişuv.

Imzolaş jarayoni 9 may kuni Kiyevda bölib ötişi kerak, uşbu sanada Yevropa kuni nişonlanadi, biroq aniq muddatlar siyosiy kelişuvlarga boğliq.

YeI vakiliga köra, sirtdan sud qilişga qöyilgan çeklovlar ayrim davlatlar orasidagi murosaga asoslangan. Bir neça oylik muhokamalardan söng bu band «aniq hal etilgan masala» sifatida qabul qilingan va uni özgartiriş ehtimoli juda kam.

«Axir gap siyosat va muzokaralar haqida ketmoqda», — deydi manba.

Kiyev kelişuvni imzolagandan söng, u 46 mamlakat vakillarini özida jamlagan Yevropa Kengaşi Parlament assambleyasida ovozga qöyiladi. Rossiya uruş boşlanganidan köp ötmay uşbu taşkilotdan çiqarib yuborilgan.

Kelişuvni ratifikatsiya qiliş uçun ovoz beruvçilarning uçdan ikki qismi uni yoqlaşi kerak, bu esa taşabbus keng qöllab-quvvatlanayotgani tufayli deyarli kafolatlangan.