Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldovaning vaqtinchalik prezidentiga aylangan bosh vazir parlamentni tarqatib yubordi
Konstitutsion sud tomonidan prezidentlik vakolati berilgan Moldova bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Pavel Filip parlamentni tarqatib yuborish to‘g‘risidagi birinchi farmonini imzoladi. Bu haqda Radio Shisinau radiosi xabar berdi.
Radiostansiyaning xabariga ko‘ra, Filip shuningdek, mamlakatda parlamentga muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish to‘g‘risida farmon chiqardi. Saylovlar 6 sentyabrda o‘tkazilishi belgilangan.
«Konstitutsion sud prezident Igor Dodon o‘z konstitutsion vakolatlarini bajarishdan va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishdan bosh tortganini belgilaganidan so‘ng ana shunday qaror qabul qilindi», dedi Filip.
Uning fikricha, hozirda Moldova siyosati «tahdid ostida».
Avvalroq Moldova konstitutsion sudi Dodonni prezidentlik vakolatlaridan mahrum qilish va bu vakolatlarni bosh vazir vazifasini bajaruvchi Pavel Filipga topshirish to‘g‘risida qaror chiqargandi.
Mavzuga oid
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
13:41 / 18.03.2026
Moldovada Ukraina chegarasi yaqinida qulagan dron topildi
13:33 / 12.03.2026