Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yuk mashinasi 6 avtomobil bilan to‘qnashdi
25 iyun kuni taxminan 12:00 da Toshkentning Chilonzor tumanida Bunyodkor ko‘chasida Howo rusumli yuk mashinasi va oltita yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Yuk mashinasining 32 yoshli haydovchisi Talgat T. qarama-qarshi tomonga chiqib ketib, Matiz (33 yoshli Erkinjon R.), Cobalt (26 yoshli Axliyor E.), Lacetti (61 yoshli Abdumannab A.), Spark (35 yoshli Jahongir T.), Matiz (29 yoshli Sherzod A.) va Matiz (23 yoshli Shamsiddin A.) avtomobillari bilan to‘qnashgan. Haydovchilardan hech kim jabrlanmadi.
YTH vaqtida avtomobillardan biridan otilib ketgan ehtiyot qismi yo‘l bo‘yida piyoda ketayotgan 21 yoshli Sanobar T.ni jarohatlagan. U kichik tan jarohati olib, tibbiy yordam uchun murojaat qilgan.
YTHga yuk avtomobili haydovchisining boshqaruv chambaragida uxlab qolgani dastlabki sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Avariya tafsilotlari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
13:45
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026