2019 yil 26 iyun kuni jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi Yunusobod tuman sudi binosida Özbekiston Respublikasining sobiq boş prokurori Raşid Qodirov va boşqalarga oid (jami 13 nafar şaxs) jinoyat işi böyiça ayblov hukmi e'lon qilindi.

Sud hukmi bilan, 2000-2015 yillarda Özbekiston Respublikasining boş prokurori lavozimida faoliyat körsatib kelgan Raşid Qodirov pora berişga dalolat qiliş, firibgarlik, soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş, tergov qilişga va sud işlarini hal etişga aralaşiş, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş kabi hokimiyat, boşqaruv va jamoat birlaşmalari organlarining faoliyat tartibiga qarşi bir qator oğir va öta oğir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

Qariyb olti oy davom etgan, Özbekiston Respublikasi JPK (jinoyat-protsessual kodeks) ning 19-moddasi, şuningdek «Davlat sirlari töğrisida»gi Qonuni talablariga muvofiq, yopiq tarzda ötkazilgan sud tergovi jarayonida barça sudlanuvçilarning körsatuvlari birma-bir atrofliça tekşirildi, 200ga yaqin guvohlarning körsatuvlari tinglanib, iş böyiça ötkazilgan ekspertiza va xizmat tekşiruvlari xulosalari, şuningdek jinoyat işida töplangan dalillar, ularning qonuniyligi va asosliligi nuqtai nazaridan taftiş qilindi.

Sudning hukmi bilan aybli deb topilgan jinoyatlari uçun Raşid Qodirovga JK 50-moddasining 6-qismi tartibida 10 yil ozodlikdan mahrum qiliş va eng kam oylik iş haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Bundan taşqari, sud oğir va öta oğir jinoyatlar uçun sudlangan Raşid Qodirovni maxsus unvon va davlat mukofotlaridan mahrum qiliş haqida taqdimnoma kiritişga qaror qilgan.

Sudlanuvçilar aybli deb topilgan jinoyatlari oqibatida yetkazilgan moddiy zararlar, suriştiruv va dastlabki tergov jarayonida topşirilgan pul va xatlangan mol-mulklar hisobidan qoplanişi belgilandi. 

Şuningdek, sud tomonidan, Özbekiston Respublikasi JPKning 298-moddasiga asosan, jinoyatning sabablarini va uning sodir etilişiga imkon bergan şart-şaroitlarni bartaraf qiliş masalasida Özbekiston Respublikasi boş prokuroriga xususiy ajrim çiqarildi.