Ombudsman boşçiligidagi monitoring guruhi navbatdagi tekşiruvni 6 may kuni 22-sonli jazoni ijro etiş muassasasida ötkazdi.
Bu muassasa – huquqni muhofaza qiliş organlarining sobiq xodimlari uçun möljallangan. Xususan, Özbekistonning sobiq boş prokurorlari – Raşidjon Qodirov va Ixtiyor Abdullayev ham şu yerda saqlanmoqda.
Sobiq boş prokuror örinbosari Uluğbek Sunnatov va Uluğbek Xurramov, şuningdek, sobiq MXX katta zobiti Javdat Şarifxöjayev ham şu yerda jazo muddatini ötayapti.



Ötgan safargi monitoringdan farqli ravişda, bu gal JIEMga borgan komissiya tarkibiga OAV vakillari kiritilmadi. Kun.uz monitoringda qatnaşgan inson huquqlari faoli, «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Taşanovdan qamoqxonada sobiq boş prokurorlar bilan suhbatlaşgani haqida sözlab berişini söradi.
«Avval mamlakatimizga uç muddat boş prokurorlik qilgan Raşidjon Qodirov bilan suhbatlaşdik. U kişidan şaroitlar, mahkumlarga muomala haqida söradim. Har holda huşyor odam – yaqin bir oyda manzil koloniyaga çiqişini, şikoyatlari yöqligini, BMT strukturalariga qiynoqlar böyiça şikoyat qilmaganini, soğliği yaxşiligini aytdi. «Yurak böyiça avvalroq sangorodda davolangandik, hozir hammasi yaxşi», – dedi Qodirov.
Kördikki, sobiq boş prokuror Raşidjon Qodirov hozirda tikuv sexida işlamoqda. Uning qölidan çiqqan guldor matolardan tikilgan bejirim ayollar köylagi va boşqa aşyolar közni quvontiradi», – deydi u.



















