Özbekiston sobiq boş prokurori Raşid Qodirovning öğli Alişer Qodirov Dubayda 7 mln 975 ming dollarlik köçmas mulk obektlariga egalik qiladi. Bu haqda xalqaro suriştiruvçi jurnalistlarning Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiya haqida xabar beriş loyihasi (OCCRP) ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, Alişer Qodirovning Marina Plaza'da törtta ofisi bor. Har birining qiymati 1,9 mln dollardan 2,1 mln dollargaça baholangan.

Eslatib ötamiz, 2018 yilda Özbekiston Içki işlar vazirligi tomonidan Alişer Qodirovga nisbatan qidiruv e’lon qilingandi.

U Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi A-bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan tovlamaçilik), 165-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda köp miqdordagi tovlamaçilik), 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (köp miqdordagi firibgarlik), 168-moddasi 4-qismi “a” bandida (juda köp miqdordagi firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda gumonlandi.

Alişer Qodirovga nisbatan e’lon qilingan qidiruvning joriy holati qandayligi noma’lum, çunki IIVning rasmiy saytidagi qidiruvdagi şaxslarni köriş platformasi ança paytdan beri işlamaydi.