Toşkent viloyatining sobiq prokurori, adliya katta maslahatçisi Jamşid Fayziyev 24 fevral kuni öz uyidan qöliga kişan taqilgan holda olib ketilgan. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar bermoqda.

Ayni vaqtda unga nisbatan jinoyat işi oçilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma'lum qilinişiça, Jamşid Botiroviç Fayziyev Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 205-moddasi («Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş») va 210-moddasi («Pora oliş») böyiça ayblanişi mumkin.

Jamşid Fayziyev öz vaqtida Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimovning huquq-tartibot organlari va kuç işlatar tizimlar faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça davlat maslahatçisi bölgan. Muqaddam boş prokuror örinbosari bölgan Fayziyev 2013 yil 19 martida şu lavozimga tayinlanib, 9 oy işlagaç, yil oxirida, 25 dekabrda Toşkent viloyati prokurorligiga ötkazilgandi.

Özbekistonning yangi prezidenti 2017 yilning 8 yanvarida ötkazilgan videoselektor yiğilişida Jamşid Fayziyevni tanqid qilib, uni kinoya bilan «Janob Fayziyev» deya atagandi.

2017 yilning 2 avgustida ötkazilgan videoselektorda prezident prokurorlarni «eng katta öğrilar» deb atagan, Toşkent viloyati prokurori Jamşid Fayziyevga tanbeh berib, unga vaziyatni önglaş uçun 10 kun muhlat bergandi.

«Dunyoqaraşingni özgartirmasang, keç böladi. Senga ön kun muhlat, qadamlaring baribir yoqmayapti. Bitta özing qolding, hammani işdan oldim. Biz yangi boş prokuror qöyganmiz. 80 foiz odamni özgartirdik. Avvalgi boş prokurordan qolgan öğri tizimdan qolganlarning asosiy qismini işdan oldik. 15-20 foizi yuribdi. Fayziyev ham şulardan. Baribir oxirigaça özgartiramiz», degandi öşanda prezident.

Şavkat Mirziyoyev prokurorlarni keskin tanqid qildi

2017 yilning oktabr oyi oxirida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov iştirokida ötkazilgan videoselektorda Toşkent va Jizzax viloyatlari hokimlari, şuningdek, uşbu viloyatlar prokurorlari, jumladan, Jamşid Fayziyev işdan olingani, ularning işdan olinişiga uşbu viloyatlarda hosil qöşib yozişga yöl qöyilgani sabab bölgani