Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va uning sobiq birinçi örinbosari Jahongir Egamovga qarşi jinoiy iş oçilgan. Bu haqda Özbekiston Boş prokurori örinbosari Erkin Yöldoşevga asoslangan holda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Prokuratura organlari faoliyatiga bağişlab ötkazilgan brifing vaqtida prokuratura mutasaddisi tomonidan ma'lum qilinişiça, Oliy sud raisining sobiq örinbosari Bahodir Dehqonov ham şu iş doirasida qölga olingan.

«Mansab vakolatini suiiste'mol qiliş, poraxörlik bilan boğliq jinoyatlarni sodir etganlik böyiça Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq rahbarlari Abdullayev, Egamov va boşqa mansabdor şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov jarayonida davlat sirlariga aloqador qator yuqori davlat organlari mansabdor şaxslari işlari körilayotgani tufayli tergovni yopiq tarzda olib borişga qaror qilingan», degan Erkin Yöldoşev.

Qayd etilişiça, bu iş doirasida jami 10 kişi tergov qilinmoqda.

Eslatib ötamiz, Ixtiyor Abdullayev 2018 yilning 31 yanvaridan 2019 yilning fevraliga qadar DXXga rahbarlik qildi. U soğligi yomonlaşgani tufayli öz arizasiga binoan lavozimdan ozod etilgani xabar qilingandi.

Ixtiyor Abdullayev 2009 yildan prezident maslahatçisi, 2015 yil aprelidan 2018 yil 31 yanvariga qadar Özbekiston boş prokurori sifatida işlagan. 

Jahongir Egamov 2018 yil yanvaridan dekabrgaça DXX raisining birinçi örinbosari bölgan.

2017 yilning mayidan Oliy sud raisi örinbosari - Ma'muriy işlar böyiça sudlov hay'ati raisi lavozimida işlagan Bahodir Akbaraliyeviç Dehqonov esa 2019 yilning fevralida hibsga olingandi.

Bundan avvalroq Yunusobod tumanining sobiq hokimi sudda özining qölga olinişi Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq rahbarlari tomonidan uyuştirilganini taxmin qilgan va Jahongir Egamovning nomini tilga olib ötgandi.