Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi tomonidan sobiq boş prokuror R.X.Qodirovga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165, 205, 210-moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, 23 fevral kuni R.X.Qodirov Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlandi.
Ta'kidlanişiça, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Boşqa tafsilotlar oçiqlanmagan.
Eslatib ötamiz, bir kun avval «Kun.uz» muxbiri bilan suhbatda bölgan Boş prokuratura Jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi xodimi Qodirovga nisbatan jinoiy iş oçilgani haqida tarqalgan xabarlarni rasman inkor qilgandi.
Ta'kidlab ötiş joizki, sobiq boş prokurorga nisbatan jinoyat işi qözğatilgani haqidagi xabarlar aslida 22 fevral kuni paydo bölgandi. Kun.uz'dagi tasdiqlanmangan ma'lumotlarga köra, yana boşqa yuqori lavozimda işlagan sobiq prokuratura xodimlari ustidan ham işlar oçilgan.
Ma'lumot uçun: Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi - Tovlamaçilik, 205-moddasi - Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş, 210-moddasi - Pora olişdir.
Respublika Boş prokurori lavozimida 2000 yil aprelidan faoliyat yuritib 15 yil işlagan Raşidjon Qodirov 2015 yilning aprelida işdan böşatilgan edi. U 2015 yil mayidan Respublika Konstitutsion sudi a'zosiga aylangan, ammo 2017 yilning avgustidan sud a'zolari tarkibida uning nomi yöq bölib qolgandi.











