Kun.uz saytiga kelib tuşadigan murojaatlar juda köp va bir-biridan qiziqarli. Ana şunday maktublardan biri Navoiy viloyatining uzoq hududidan, quyoşli Zarafşon şahridan yetib keldi.
Qisqa qilamiz. Fuqaro kunduzi çiroq yoqib yurmagani uçun jarimaga tortilyapti. Zarafşon «GAI»çilari (heçam YHXX, yoki YPX demaymiz-a, qiziq) yozilgan jarimani tölaşni talab qilişmoqda. Sababi söralganda javob bitta: «Siz 27 may kuni qoidani buzgansiz. 4 iyundan buyoğiga çiroq yoqib yurilsa, tölamaysiz. Oldingilari uçun tölaş şart! Bu harakatlar töxtatildi deysizmi? Bizga hali bu buyruq yetib kelgani yöq!». Bu javob berilgan sanaga e'tibor bering: 27 iyun, 2019 yil!
Holbuki, OAVda, jumladan Kun.uz saytida ham e'lon qilingan maqolalarni barça öqidi:
«... Kodeksning 271-moddasiga köra ma'muriy javobgarlikni belgilovçi hujjat bekor qilingan bölsa, ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlarni yuritişni boşlaş mumkin emas, boşlangan iş esa tugatilişi lozim.
Qonunning yuqoridagi talablaridan kelib çiqib, xulosa qiliş mumkinki, 2019 yil 4 iyunga qadar haydovçilarga nisbatan kunduzi çiroq yoqib yurmagani uçun rasmiylaştirilgan ma'muriy bayonnomalar bekor qilinişi va ma'muriy bayonnoma bekor bölişining huquqiy oqibatlari qöllanişi lozim.
Bunda haydovçilarimiz quyidagi 2 xil holatdan birida bölişi mumkin:
1) ma'muriy bayonnoma tuzilgan, lekin hali jarima tölanmagan;
2) tuzilgan ma'muriy bayonnoma asosida jarima allaqaçon tölab qöyilgan.
Birinçi holatda, heç qanday bahs yoki munozaraga örin yöq, ma'muriy bayonnomalar uni tuzgan organning özi tomonidan bekor qilinişi lozim va jarima tölaş şart bölmaydi.
Mayli, Zarafşon «GAI»çilarining asosiy argumenti – bu qoida bekor qilingani va jarimalar undirilmasligi töğrisidagi rasmiy hujjat ularga yetib kelmaganini yoki bu qoida böyiça undiruvlar hamon amalda ekanligini ham qabul qilaylik. Lekin bu bahsda ikkinçi va nihoyatda muhim jihat borki, aslo köz yumib bölmaydi.
Bevosita murojaat bilan tanişamiz:
«Biz Navoiy viloyati Zarafşon şahrida doimiy ruyxat asosida yaşaymiz. Şartnoma asosida Zarafşonda işlayapmiz. Maşinamiz röyxati Buxoroda, davlat raqami 80.141TTF «Matiz Best».



















