Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş vazifalari yuzasidan yiğiliş bölib ötdi. Unda Navoiy infratuzilmasi bilan boğliq masalalar ham muhokama qilindi.

Qayd qilinişiça, viloyatdagi Zarafşon şahri aholisi 2-3 yilda 100 mingdan oşadi. Şu bois, Zarafşon hududini Tomdi tumani hisobidan 2 ming gektarga kengaytirib, 150 ming aholi uçun şaroit yaratiş zarurligi ta’kidlandi.

Zarafşon şahri, Uçquduq va Tomdi tumanlarida jami 200 ming aholi yaşaydi. Ular Toşkent şahriga boriş uçun avval avtomobilda 250-300 kilometr yöl yurib, Navoiy şahriga yetib oladi. Keyin bu yerdan poyezd yoki samolyotga ötirib, poytaxtga borişga majbur bölayapti.

Zarafşon şahrida 1980-yillarda qurilgan aeroport hozir işlamayapti. Uşbu aeroport faoliyatini qayta tiklaş masalasini örganib, tegişli takliflar kiritiş topşirildi.

Mas’ullar oldiga ijtimoiy infratuzilma va kommunikatsiya tarmoqlarini qiş mavsumiga sifatli tayyorlaş, kamçiliklarni bartaraf etiş vazifasi qöyildi.

Mutasaddilarga ayollarni kasbga öqitiş, bandligini ta’minlaş, yoşlar bilan işlaşni yaxşilaş yuzasidan topşiriqlar berildi.