Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kipr prezidenti sayr vaqtida oyog‘ini sindirib oldi
Kipr prezidenti Nikos Anastasiadis Limasol shahrida sayr vaqtida o‘ng oyog‘ining son suyagini sindirib oldi. Anastasiadis bilan baxsiz hodisa do‘konlardan biri oldidagi zinadan tushayotganda yuz bergan. Bu haqda Philenews portali xabar berdi.
Kipr prezidenti shahardagi xususiy klinikaga yetkazilgan. Unda suyakning butligini tiklash operatsiyasi o‘tkazilgan va u muvaffaqiyatli kechgan. Prezidentning to‘liq tiklanishiga 3 haftacha vaqt talab etilishi mumkin.
Anastasiadis prezident lavozimini 2013 yil fevraldan beri egallab keladi. U 2018 yil fevralda ushbu lavozimga ikkinchi muddatga qayta saylangan.
Mavzuga oid
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
15:14 / 09.03.2026
Kiprdagi aviabazaga hujum qilgan drondan Rossiyada chiqarilgan qismlar topildi
15:15 / 03.03.2026
Trampning e’tirozi: Britaniya Eronga zarbalar uchun bazalarini bermadi
13:43 / 02.03.2026