Surxondaryoda yo‘l harakati qoidasi buzilishi tufayli ikki kishi halok bo‘ldi
Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida 29 iyun kuni Navro‘z mahallasida yashovchi, 36 yoshli K.H. boshqaruvidagi “Kobalt”, rusumli avtomashinasini Qahramon mahallasi hududidan o‘tuvchi “Termiz-Angor” M-39 yo‘lining 1448-km.da haydab ketayotib yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u Termiz shaharida yashagan, 58 yoshli A.A. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi, A.A. va avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan ukasi, 50 yoshli B.A. jarohat olib voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, “Kobalt” avtomashinasi haydovchisi K.H jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
20:01 / 01.11.2024