Jahon | 23:56 / 01.07.2019
6125
1 daqiqa o‘qiladi

YeTTB Tojikistonga beriladigan moliyaviy yordamni uch baravarga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Tojikistonga beriladigan 60 mln dollar miqdoridagi yillik moliyaviy yordamni 200 mln dollarga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Dushanbeda bank prezidenti Suma Chakrabarti ma'lum qildi.

"YeTTB direktorlar kengashiga mamlakatga yillik yordamni hozirgi 60-70 mln dollardan 150-200 mlnga oshirish haqida shaxsan o‘zim aytmoqchiman", - dedi u.

YeTTB prezidenti Tojikistonga tashrifi chog‘ida mamlakat prezidenti Emomali Rahmon hamda iqtisodiy sektor mulozimlari va xususiy sektor vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, YeTTBning mamlakatda amalga oshirgan va hozirgi loyihalari hajmi 2019 yil 1 iyun holatiga 845 mln dollar atrofida.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid