Jahon | 22:02 / 03.07.2019
5837
1 daqiqa o‘qiladi

Liviyadagi migrantlarni vaqtincha saqlash markaziga berilgan aviazarba natijasida 60 kishi halok bo‘ldi

Liviya poytaxti Tripolidagi migrantlarni vaqtincha saqlash markaziga berilgan aviazarba natijasida 60 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar berdi.

Avvalroq Reuters agentligi Tripoli yaqinidagi migrantlarni vaqtincha saqlash markazi havo hujumiga uchraganini xabar qilgandi. Liviyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha BMT missiyasining ma'lumot berishicha, 44 kishi hujum qurboniga aylangan, 130 dan ortiq kishi jarohatlangan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, zarba berilgan vaqtda markazda 616 kishi bo‘lgan. 

Voqeadan so‘ng Liviya milliy armiyasi va Milliy kelishuv hukumati bayonotlar bilan chiqib, ushbu hujumda bir-birini aybladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid