Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Dushanbeda 46 mln dollarlik avtomobil yo‘li quradi
Hindiston hukumati Dushanbe shahri hududida 46,5 million dollar qiymatda bo‘lgan avtomobil yo‘li quradi. Bu mablag‘lar Hindiston hukumati tomonidan grant asosida ajratiladi, deya xabar qilmoqda Dushanbe shahar hokimligi matbuot xizmati.
4 iyul kuni poytaxt hokimi Rustam Imomali va Hindistonning Tojikistondagi elchisi Somnat Gosh yo‘l qurilishiga start berdi.
Loyiha poytaxtning G‘arbiy darvozalaridan «Chortut» mahallasigacha 9,2 km.lik yo‘l qurishni nazarda tutadi. Yo‘lning kengligi 40 metr bo‘ladi va ikki yo‘nalishda sakkizta yo‘lakdan tashkil topadi.
Loyiha doirasida Katta Hisor kanali bo‘ylab avtomobil ko‘prigi, temir yo‘l tarmog‘i, ikkita yo‘l o‘tkazgich, yo‘lak qurish, yo‘l bo‘ylab yoritish ustunlari hamda yo‘l belgilarini o‘rnatish mo‘ljallanmoqda.
Hindiston hukumati ushbu maqsadlar uchun 46,5 million dollar miqdorida grant ajratadi.
Dushanbe hokimi mas'ul shaxslarga loyihani xalqaro darajada va belgilangan muddatda amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026