Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Piyodaning umriga zomin bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida 6 iyul kuni soat 03.30larda noma'lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani “Yonariq” MFY hududidan o‘tuvchi “Toshkent-O‘sh” A-373 yo‘lining 151-km.da haydab ketayotib piyoda, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashagan 46 yoshli K.R.ni urib yuborib voqea joyidan ketib qolgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada K.R. jarohat olib voqea joyida vafot etgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma'lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma'lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz”, - deyiladi IIV xabarida.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026