Jahon | 21:43 / 08.07.2019
8985
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya hukumati gruzin vinosi va mineral suvi importini taqiqlashni ko‘rib chiqadi

RIA Novosti / Sergey Pivovarov

Rossiya hukumati deputatlarning gruzin vinosi va mineral suvi importini taqiqlash to‘g‘risidagi murojaatini hamda Rossiyadan Gruziyaga pul o‘tkazmalarini to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi taklifini ko‘rib chiqadi. Bu haqda hukumat raisining matbuot kotibi Oleg Osipov ma'lum qildi.

Avvalroq parlament quyi palatasi spikeri Vyacheslav Volodin Rossiya, uning prezidenti va fuqarolari haqorat qilinishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta'kidlab ana shunday taklif bilan chiqqandi.

7 iyulda Gruziyaning “Rustavi 2” telekanali boshlovchisi Georgiy Gabuniya o‘zining mualliflik dasturini Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomiga so‘kinish bilan boshlab Gruziyada mojaro keltirib chiqardi.

Uning bu xatti-harakati telekanal binosi yonida norozilik namoyishlari boshlanishiga olib keldi.

Vaziyatga Gruziyaning rasmiy shaxslari izoh berishdi. Jumladan, prezident Salome Zurabishvili boshlovchining bu qilmishini qoralagan va uning bu ishi gruzin an'analariga to‘g‘ri kelmasligi hamda ikki davlat o‘rtasida oxirgi kunlarda o‘zi shundoq ham taranglashgan munosabatlarning yanada yomonlashishiga olib kelishini aytgan. Bosh vazir Mamuka Baxtadze ham teleboshlovchini qoralagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid