Jahon | 17:28 / 09.07.2019
2856
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada 2020 yildan aviareyslar uchun ekologiya solig‘i joriy etiladi

Foto: AP Photo / Francois Mori

Fransiya 2020 yildan mamlakat hududidan amalga oshiriladigan reyslarga "aviatransport uchun ekosoliq" joriy etiladi, deb ma'lum qildi mamlakat transport vaziri Elizabet Born.

Uning ma'lum qilishicha, Fransiyadan uchadigan havo transportlarining barcha reyslariga ekologik badal joriy etiladi. Yig‘im miqdori YeI doirasidagi "ekonom" toifasidagi reyslarga 1,5 yevrodan va "biznes-klass" toifasidagi reyslarga 9 yevrogacha, Yevroittifoq tashqarisiga reyslar uchun esa "ekonom" toifasidagi reyslarga 3 yevrodan, "biznes-klass" reyslariga 18 yevrogacha bo‘ladi. 

Uning ta'kidlashicha, soliq samolyotlari Fransiyadan uchadigan barcha aviakompaniyalarga joriy etiladi.

Shu bilan birga, ichki reyslar hamda Fransiyaning dengizorti hududlariga parvozlarga soliq joriy etilmaydi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid