O‘zbekistonlik yoshlar ko‘proq qaysi davlatlarda oliy ta'lim olmoqda?
Xorijiy mamlakatlar oliy o‘quv yurtlarini tanlayotgan o‘zbekistonlik yoshlar ko‘proq qaysi mamlakatlarni tanlamoqda? Qaysi davlatlarning institut va universitetlarini bitirib kelgan fuqarolar nostrifikatsiya masalasida murojaat qilmoqda? Bunda qaysi yo‘nalish ustunlik kasb etyapti? Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mutasaddilari Kun.uz muxbirining shu kabi savollariga quyidagicha javob berishdi.
«Xorijiy mamlakatlar universitetlari diplomlarini nostrifikatsiya qilish davomida ma'lum bo‘lishicha, bizning yoshlarimiz, ko‘proq yaqin xorij davlatlari, jumladan Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Rossiyaga borib, ushbu mamlakatlardagi institut-universitetlarda bilim olishmoqda. Chet elga oliy ta'lim olishga ketayotganlarning 98 foizi shu davlatlarga bormoqda.
Qolgan ikki foizi Yevropa mamlakatlari, Koreya, Singapur, Malayziya va AQSh hamda boshqa davlatlar, jumladan Yaponiyaga borib, tahsilni davom ettiryapti. Ammo, bunday talabalarimiz soni sanoqli. Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining maqsadi yoshlarimiz chet elning eng nufuzli oliy ta'lim muassasalariga borishini xohlayapmiz. Ular u yerda ta'lim olib, vatanga qaytgach, mehnat bozorida ham munosib o‘rinlarni egallaydi», - dedi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkentboyev.
Uning ta'kidlashicha, bugungi xorijiy universitetlarni bitirib keluvchilarning 34 foizi Qirg‘iziston oliy ta'lim dargohlarining diplomlarini taqdim etmoqda. Tojikiston diplomini nostrifikatsiya uchun taqdim etuvchilar 30 foiz atrofida. Rossiya diplomini olib keluvchilar 12 foizni tashkil etadi.
Bu mavzuga qo‘shimcha qilgan Inspeksiya boshqarma boshlig‘iga ko‘ra, ayrim xorijiy mamlakatlar, jumladan J.Koreya, AQSh va Germaniya universitetlariga hujjat topshirishda apostol tasdiqlanishi talab qilinadi. Buni esa, Ta'lim inspeksiyasi amalga oshirgani bois, bugungi kunda shunday murojaatlar soni ko‘paygani qayd etilmoqda.
Uning aytishicha, nostrifikatsiya bo‘yicha yildan yilga murojaat qiluvchilar soni ortib bormoqda. 2018 yilda 4600 kishi diplomni nostrifikatsiya qilishni so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa, bu yilning yarim yili ichidayoq bu raqam 7 000dan ortib ketgan. Umuman, shu kungacha 3787ta hujjat ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilgan.
Sohalar bo‘yicha taqsimlanadigan bo‘lsa, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston oliy o‘quv yurtlarini asosan, pedagogika sohasida, shundan boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishini tamomlab kelayotganlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda.
«Afsuski, sinovlar va suhbatlar chog‘ida ko‘rmoqdamizki, barcha kadrlar ham bugungi mehnat bozori talabiga javob berayotgani yo‘q. Ayrim murojaatchilar, 2-3 marta sinovlarda ishtirok etsa-da, egallagan bilimlarini isbotlab berolmayapti», - dedi boshqarma boshlig‘i.
Mavzuga oid
17:57 / 12.05.2022
Ta’lim inspeksiyasi litsenziyasi bo‘lmagan soxta OTMlarga ishonib qolishdan ogohlantirdi
15:23 / 04.04.2022
O‘qituvchilar attestatsiyasi: Mashmashaga aylangan e’tirozlar va rasmiylar javobi
22:18 / 09.02.2022
Aybdorlarga qat’iy chora ko‘rilishi kerak - Ta’lim inspeksiyasi “Andijoncha tajriba”ni qoraladi
16:46 / 02.02.2022