Ta’lim inspeksiyasining Kun.uz’ga taqdim etgan ma’lumotiga köra, ayni paytda inspeksiya rahbari Uluğbek Toşkenboyev va Oliy va örta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toşqulov Qaşqadaryo viloyatida bölib turibdi.
Qaşqadaryo viloyatida 1 217 ta maktab mavjud bölib, uşbu maktablardagi 638 900 nafar öquvçiga 57 146 nafar öqituvçi ta’lim beradi.
Öqituvçilarning 2 098 nafari oliy, 6 864 nafari birinçi, 13 259 nafari ikkinçi toifali va 23 290 nafari toifasiz mutaxassislar hisoblanadi. Pedagoglarning 11 635 nafari esa örta-maxsus ma’lumotli.
Oxirgi 2 yilda öqituvçilarga navbatdan taşqari attestatsiyadan ötib toifasini oşirib oliş imkoniyati berilgani sabab Qaşqadaryo viloyatdagi oliy toifali öqituvçilar soni 2,7 foizdan 3,7 foizga, birinçi toifali öqituvçilar soni esa 9,6 foizdan 12 foizga oşgan.
Lekin Qaşqadaryo viloyatida ta’lim sohasidagi ösiş boşqa viloyatlar bilan soliştirganda orqada. Ta’lim inspeksiyasi rahbari Uluğbek Toşkenboyev buni mas’ul rahbarlar iştirokidagi yiğilişda qayd etdi.
“Buxoro, Sirdaryo, Xorazm va Navoiy viloyatlarida bölib, öqituvçilar malakasi böyiça natijalarni tahlil qilganimizda sönggi ikki yilda ikki barobargaça ösiş körsatkiçi qayd etilganiga guvoh böldik. Qaşqadaryoda ham ösiş körsatkiçlariga köz yumiş adolatdan bölmas. Ammo boşqa viloyatlarga qaraganda, raqamlar dinamikasi ança sust. Viloyatdagi 460 ta maktabda birorta ham oliy toifali öqituvçilar mavjud emas. 92 ta maktabda esa oliy va birinçi toifali öqituvçilar faoliyat yuritmaydi. Öqituvçilarga sifatli metodik yordam beriş zarur”, deya qayd etdi Toşkenboyev.
Viloyat maktablarida jami 335 nafar öqituvçiga ehtiyoj bor. Öqituvçilarga ehtiyoj Çiroqçida 118 nafar, Yakkaboğda 41 nafar, Şahrisabzda 28 nafar, Kitobda 16 nafar, Muborakda 11 nafarni taşkil qiladi.
Asosan, rus tili va adabiyoti, ona tili va adabiyoti, tasviriy san’at, informatika, kimyo-biologiya fani öqituvçilariga ehtiyoj yuqori.
Bundan taşqari, viloyatdagi 166 ta maktablar fizika, kimyo-biologiya laboratoriya jihozlari bilan töliq ta’minlanmagan, 71 ta maktablarda zamonaviy kompyuter texnikalari yetişmaydi, 35 ta maktablarga keltirilgan internet tarmoqlari işçi holatda emas.

















