Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi fuqarolardan “UNIVERSITY AT-TERMIZIY” MCHJ tomonidan berilgan diplomlar Özbekistonda tan olinadimi?” degan murojaatlar bölayotganini, biroq bu ta’lim taşkiloti Özbekistonda oliy ta’lim xizmatlarini körsatiş huquqini beruvçi heç qanday litsenziyaga ega emasligini ma’lum qildi.
“Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq, Ta’lim inspeksiyasidan oliy ta’lim xizmatlari körsatiş uçun litsenziya olmagan nodavlat OTMlar tomonidan berilgan diplomlar tan olinmaydi”, deb ogohlantirdi inspeksiya.
Qayd etilişiça, hozirgi kunda nodavlat OTMlarga litsenziya beriş tizimi soddalaştirilgan va tezlaştirilgan. Masalan, 2018 – 2020 yillar oraliğida litsenziyaga ega bölgan nodavlat OTMlar soni 13 tani taşkil etgan bölsa, birgina 2021 yilda 21 ta nodavlat oliy ta’lim taşkiloti faoliyati litsenziyalangan.
Fuqarolar litsenziyasi bölmagan OTMlarga aldanib qolmasligi uçun inspeksiya saytida litsenziyasi mavjud nodavlat OTMlar röyxati doimiy yangilab boriladi.
“Şuni yodda tutiş muhimki, tegişli litsenziyaga ega bölmagan yoki belgilangan tartibda akkreditatsiyadan ötmagan ta’lim taşkilotlari tomonidan berilgan oliy ma’lumot töğrisidagi hujjatlar nafaqat Özbekiston Respublikasida balki boşqa davlatlar tomonidan ham tan olinmaydi”, deyiladi inspeksiya xabarida.











