Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR Janubiy Koreya bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi sababli AQShni va'dasini bajarmaslikda aybladi
KXDR AQSh Janubiy Koreya harbiylari bilan qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari o‘tkazishga tayyorlanayotganligi sababli Qo‘shma Shtatlar yuqori darajadagi ikki tomonlama kelishuvlarni buzmoqda deb hisoblaydi. Bu haqda KXDR tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilmoqda.
"AQSh va Janubiy Koreya avgustda bizga qarshi qaratilgan "Alyans 19-2" harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqchi. Singapurdagi sammitda prezident Tramp harbiy mashg‘ulotlar to‘xtatilishiga omma oldida rasman va'da bergandi va Pxanmunjomda bo‘lib o‘tgan KXDR va AQSh rahbarlari uchrashuvida mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri va AQSh davlat kotibi ishtirokida bu haqda yana bir bor aytgandi", - deyiladi bayonotda.
KXDR tashqi ishlar vazirligi vakilining fikricha, Vashington mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali Pxenyanga qasddan bosim o‘tkazmoqda.
"Biz bunga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lamiz. AQSh rasmiy va'dalarni bir tomonlama bajarmas ekan, bizda ham bunday va'dalarga ishonch doimiy ravishda yo‘qolib boradi", - deyiladi KXDR bayonotida.
AQSh va Janubiy Koreyaning "Tonmen 19-2" ("Alyans") qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari avgust oyida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026
Eron Bahrayn va Kuvaytdagi AQSh harbiy obektlarini nishonga oldi
12:20 / 08.07.2026