Jamiyat | 12:30 / 17.07.2019
21412
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona halqa yo‘lida yuz bergan avtohalokat oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Foto: Vse42.ru

2019 yil 16 iyul kuni soat 20.20larda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 28 yoshli I.P. boshqaruvidagi “M-412” rusumli avtomashinasini Qodirobod mahallasidan o‘tuvchi Farg‘ona halqa yo‘lida haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashagan, 68 yoshli N.A. boshqaruvidagi Tico rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada Tico avtomashinasi haydovchisi jarohat olib voqea joyida va uning yo‘lovchisi, Marhamat tumanida yashagan 67 yoshli M.M. kasalxonada vafot etgan. 

Shuningdek, yana 2 nafar yo‘lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan, deyiladi xabarda. 

Bildirilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid