Jahon | 19:30 / 18.07.2019
12752
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi Kalininsk AESida avariya holati sababli uchta energiya bloki o‘chirildi

Tver oblastidagi Kalininsk AESida avariya holati yuz bergani sababli to‘rtta energiya blokidan uchtasi tarmoqdan o‘chirildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Rossiya energetika vazirligining ma'lumot berishicha, hodisa ertalab yuz bergan.

Stansiyada bir vaqtning o‘zida umumiy yuklamasi 3,2 ming MVt bo‘lgan birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi bloklar bir vaqtning o‘zida o‘chgan.  

Vazirlikning xabar berishicha, avariya-tiklash ishlari davom etmoqda.  

Bloklar transformatorlardan biridagi qisqa tutashuv sababli ikkita yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining o‘chishi sababli o‘chib qolgan.  

Qayd etilishicha, to‘rtinchi energoblok energiya tizimiga ulanishga tayyor, birinchi va ikkinchi bloklar esa o‘chish sababi aniqlanganidan so‘ng ishga tushiriladi.

Kalininsk atom elektrostansiyasi (KAES) Tver oblastidagi Udomlya ko‘li sohilida joylashgan. Uni qurish 1974 yilda boshlangan, 1984 yilda foydalanishga topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 29 iyun kuni O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi uchun tanlangan Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinidagi hududda muhandislik-tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichi boshlandi. AES qurilishi bilan «Rosatom» davlat korporatsiyasi shug‘ullanadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid