Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda olomon tovuslarni o‘ldirgan erkakni urib o‘ldirdi
Foto: Getty Images
Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida olomon tovuslarni o‘ldirgan erkakni urib o‘ldirdi, deb xabar berdi NDTV telekanali.
Voqea juma kuni kechqurun Nimuch okrugidagi Lasudiya Atri qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Mahalliy aholi dalada yugurib ketayotgan to‘rt kishini ko‘rib qolgan va ularni quvgan. Qochayotganlardan biri qo‘lga tushgan va uning yonida to‘rtta tovus o‘ligi bo‘lgan. Qishloq aholisi uni o‘lasi qilib do‘pposlagan va dalaga tashlab ketgan.
Qishloqqa yetib kelgan politsiyachilar uni kasalxonaga olib borishgan, ammo erkak o‘ziga kelmay vafot etgan.
Do‘pposlashda qatnashgan o‘n kishidan to‘qqiztasi qo‘lga olingan bo‘lib, ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Yovvoyi tabiatni saqlash to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, tovuslarni o‘ldirish bo‘yicha o‘lgan erkak, uning o‘g‘li va yana ikki kishiga nisbatan alohida ish ochilgan.
Telekanalning qayd etishicha, Hindistonning milliy qushi hisoblanuvchi tovuslarni ovlash va o‘ldirish taqiqlangan. Qonunga ko‘ra, bu xatti-harakatni amalga oshirgan shaxslar yetti yilgacha qamalishi mumkin.
Mavzuga oid
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026