Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada 50 yil muqaddam yo‘qolgan suv osti kemasi topildi
Fransiya mudofaa vazirligi 22 iyulda 1968 yil yanvarda Tulon porti yaqinida yo‘qolgan “Minerva” suv osti kemasi topilganini e'lon qildi.
“Bi-bi-si” telekanalining xabar berishicha, suv osti kemasida 52 kishi bo‘lgan. Mutaxassislarni uni qidirishga suv osti kemasida bo‘lgan dengizchilarning yaqinlari ko‘ndirishgan.
Qidiruv jamoasi fojia va suvning ko‘tarilishi hamda qaytishi haqidagi ma'lumotlarni yana bir bor tahlil qilib chiqqan. Kemani AQShning xususiy kompaniyasiga tegishli kema a'zolari aniqlashgan. OAVda ta'kidlanishicha, “Minevra” Tulondan 45 km uzoqlikda 2370 metr chuqurlikda topilgan.
Suv osti kemasi bilan nima yuz berganini aniqlashning imkoni bo‘lmagan. Ba'zi mutaxassislar uning halokatiga boshqaruv rulidagi texnik muammolar, boshqa suv osti kemasi bilan to‘qnashuv, torpedo portlab ketishi yoki kislorod berish tizimidagi nosozlik olib kelgani taxminlarini ilgari surishgan.
1960-yillarda suv osti kemalari bilan bir nechta fojia yuz bergan. Jumladan, 1963 yilda AQShning bortida 129 dengizchi bo‘lgan USS Thresher, 1968 yilda bortida 99 kishi bo‘lgan USS Scorpion, Isroilning “Dakar” (1968 yilda yo‘qolgan, bortida 69 kishi bo‘lgan) suv osti kemalari halokatga uchragan. “Dakar” 1999 yilda Krit yaqinida topilgan.
Shuningdek, 1968 yilda Tinch okeanining shimoliy qismida sobiq ittifoqning K-129 suv osti kemasi yo‘qolgan. Kema 1974 yilda AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi o‘tkazgan maxfiy operatsiya davomida topilgan.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026