Jahon | 15:54 / 24.07.2019
4372
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda mamlakat tarixida ilk marta harbiy-kosmik mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

Foto: AP

Hindiston qurolli kuchlari mamlakat tarixida ilk bor o‘tkaziladigan harbiy-kosmik mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Times of India nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, mazkur mashg‘ulotlar Hindistonning sun'iy yo‘ldoshlarga qarshi raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganidan so‘ng rejaga kiritilgan.  

Hindiston qo‘shinlarining turli vakillari ishtirok etadigan ikki kunlik mashg‘ulotlar natijasida kelajakdagi kosmik doktrina loyihasi ishlab chiqiladi.

Nashrning xabar berishicha, Xitoy kosmik dasturi faol rivojlanayotgan davrda Hindiston raqibni to‘xtatib turish salohiyatini rivojlantirishga majbur.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid