Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron harbiylari ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Eron harbiylari o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketa sinovini o‘tkazdi. Bu haqda FoxNews telekanali Amerika hukumatidagi manbalariga asoslanib xabar bermoqda.
Telekanalga ko‘ra, sinov uchirilishi 25 iyulga o‘tar kechasi amalga oshirilgan.
Taxmin qilinishicha, eronlik harbiylar «Shaxab-3» raketasini uchirgan bo‘lishi mumkin. U 965 km parvoz qilgach, Tehrondan uncha uzoq bo‘lmagan sahroga qulagan.
Bundan avvval, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo zarur bo‘lsa va sharoit taqozo qilsa, Tehronga borib, ushbu mamlakatning raketa dasturi bo‘yicha muzokara o‘tkazishga tayyorligini bildirgan edi.
Mavzuga oid
18:31
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13
Ho‘rmuz yaqinida AQSh armiyasining «Apache» vertolyoti qulab tushdi
10:25